02.11.2022

AMS AGENTLIGI MORA A’ZOSIGA AYLANDI

AMS AGENTLIGI MORA A’ZOSIGA AYLANDI

Markaziy Osiyo Reklama Assotsiatsiyasining (MORA) faol ishtirokchisi sifatida biz ixtisoslashgan komissiyalar faoliyatiga qo‘shilish, shuningdek, Qozog‘istondagi sohaning asosiy tadbirlari – RAF mintaqaviy reklama forumi va ADTRIBUNE mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz.

"Raqamli bozor boshqa kommunikatsiya kanallaridan juda farq qiladi va u nafaqat dinamik rivojlanmoqda, balki turli yoshdagi auditoriyalarga kirib borish chegaralarini kengaytirmoqda. Raqamli mijoz aqlli va talabchan, shuning uchun bozor uning talablariga javob berishi kerak. Ammo sifatli o‘zgarishlarga yolg‘iz erishish qiyin, hatto imkonsiz bo‘lishi ham mumkin. Demak, bozor ishtirokchilari ham samaradorlik tahlili, ham narx-navo masalalarini bir xil munosabat va tushunish orqali sog‘lom raqobatga yo‘l ochib, bir-birining va butun bozorning rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari kerak. Albatta, biz ushbu jarayonlarning faol ishtirokchisi bo‘lishni xohlaymiz va MORA a’zolaridan hamfikrlarni topganimizdan xursandmiz", – deya izoh berdi AMS Kazakhstan bosh direktori Gulfayrus Duysen Assotsiatsiyaga qo‘shilish haqida.

Ariza qoldirish