Xalqaro treyding kompaniyasi uchun biznesni aniq taqdim etadigan, potensial B2B hamkorlarda ishonch uyg‘otadigan va aloqa o‘rnatishga undaydigan korporativ veb-sayt yaratish.
B2B segmentida sayt xizmatlar katalogi sifatida emas, balki kompaniya ishonchliligining tasdig‘i sifatida ishlashi kerak. Foydalanuvchini korporativ ma’lumotlar bilan ortiqcha yuklamasdan, biznesning ko‘lami, ekspertizasi va xalqaro darajasini yetkazish zarur edi.
Amalga oshirish
Saytni kompaniyani taqdim etish uchun to‘liq B2B vositasi sifatida yaratdik: biznes bilan ilk tanishuvdan boshlab, uning faoliyat yo‘nalishlari va ish tamoyillarini tushunishgacha hamda aloqa o‘rnatish bosqichigacha.
Asosiy e’tiborni uchta muhim tarkibiy qismga qaratdik: tuzilma – kompaniya, faoliyat yo‘nalishlari, sustainability va logistika haqidagi ma’lumotlarni mantiqiy tarzda ajratdik; imidj – keng ko‘lamli sohaga oid vizuallar, vazmin ranglar palitrasi va minimalist dizayn orqali brendning xalqaro darajasi va ishonchliligini ta’kidladik; konversiya yo‘li – navigatsiyani asosiy bo‘limlar potensial hamkorni tabiiy ravishda aloqa o‘rnatishga olib boradigan tarzda qurdik. Saytni desktop, tablet va mobile qurilmalariga moslashtirib, barcha qurilmalarda asosiy biznes ma’lumotlariga tezkor kirishni saqlab qoldik.